Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meros qolgan uy uchun soliq toʻlanadimi?
17:20 / 2020-09-25

Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek, tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlarga soliq solinmaydi.


Soliq kodeksining 378-moddasiga asosan jismoniy shaxslardan meros yoki hadya tartibida, shuningdek, tekinga olingan pul va natura shaklidagi daromadlarga soliq solinmaydi.

Yaqin qarindosh boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi koʻchmas mulk, avtotransport vositalari, qimmatli qogʻozlar, yuridik shaxslarning ustav fondlaridagi (ustav kapitallaridagi) ulushlar esa bundan mustasno hisoblanadi va ular belgilangan stavkada soliq toʻlaydi.

Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat soliq qoʻmitasi boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Muzaffar Nazarov ishtirokidagi brifingda maʼlum qilindi.

Taʼkidlanishicha, Soliq kodeksining 369-moddasiga asosan qonun hujjatlarida belgilanadigan tartibda oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari ham jami daromad tarkibiga kiritilmaydi va soliq solinmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyundagi tegishli qaroriga asosan oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar 2020-yil 1-iyuldan boshlab ijtimoiy soliqni oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida haqiqatda ishlagan vaqtidan qatʼi nazar bazaviy hisoblash miqdorining kamida 50 foizi hajmida (yaʼni, bugungi kun holatiga 111,500 soʻm) toʻlaydi.

Ushbu summa toʻliqligicha byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi va undan kelib chiqqan holda pensiya hisoblash uchun daromad hajmi aniqlanishida asos boʻladi.