Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan «Meros» filmi Singapurda o‘tkazilgan "Singapore International Film Festival-2022" va Hindistonda o‘tkazilgan “Oltin tulpor” ("Golden Horse Film Festival") xalqaro kinofestivallarida "Eng yaxshi xorijiy film" nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi.
Mazkur, badiiy film o‘zbek va qozoq xalqlarining abadiy do‘stligi, an’analari haqida hikoya qiladi. Filmda ssenariy muallifi va rejissyor Hilol Nasimov, postanovkachi operator Husan Aliyev, kompozitor Dmitriy Yanov-Yanovskiy, postanovkachi rassom Fazliddin Turdiyevlar hisoblanadi.

Ushbu film Peru va Hindiston davlatlarida o‘tkazilgan xalqaro kinofestivalda qatnashib, «Yilning eng yaxshi xorijiy filmi» nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, may oyida Rossiyada bo‘lib o‘tgan “Zolotoy Vityaz” kinoforumida “Qozoq va o‘zbek xalqlari o‘rtasidagi an’ana va munosabatlarning umumiyligi mavzusini ochib bergani uchun” maxsus diplom bilan taqdirlangan.
Ma’lumot uchun, yaqin kunlarda "Meros" filmi Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro kinofestivalning tanlovdan tashqari dasturida namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA