Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Merganlarimizning jahon kubogidagi bronzasi
12:09 / 2022-07-15

Shu kunlarda Janubiy Koreyaning Changvon shahrida o‘q otish bo‘yicha 43 ta mamlakatning 450 nafardan ortiq eng sara merganlari ishtirokida jahon kubogining final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Musobaqa dasturidan o‘rin olgan 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otish bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda sportchilarimiz Muhammad Kamolov,  Vladimir Svechnikov va Veniamin Nikitindan iborat jamoa shiddatli bahslar yakunida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 

Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar tarqatdi. 

Jahon kubogining 16 iyul kungi musobaqalarida Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi bo‘lgan hamyurtimiz Muxtasar Tohirova kichik kalibrli miltiqdan 50 metr masofaga o‘q otish bo‘yicha o‘z omadini sinab ko‘radi. 

Changvon shahrida o‘tayotgan musobaqalar davom etmoqda. 


T. Ro‘ziyev, O‘zA