Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Merganlarimiz Osiyo va jahon rekordini yangiladi
16:22 / 2026-02-05

Hindistonning Nyu-Deli shahrida o‘q otish bo‘yicha Osiyo chempionatida 20 ta davlatdan 564 nafar mergan qatnashayotgani haqida xabar bergan edik.

Chempionatning pnevmatik to‘pponchadan 10 metr masofaga otish bo‘yicha kechgan mikst dasturida hamyurtlarimiz Muhammad Kamalov va Nigina Saidqulova oltin medalga sazovor bo‘ldi. Yanada ahamiyatlisi, yurtdoshlarimiz bellashuvlarda 481,3 ball jamg‘arib, mazkur yo‘nalishdagi Osiyo va jahon rekordini yangilashga erishdi.

Eslatib o‘tamiz, 14 fevralga qadar davom etadigan Osiyo chempionatining dastlabki kungi musobaqalarida mamlakatimiz vakillari 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA