Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Merganlar O‘zbekiston kubogida bellashdi
18:36 / 2022-09-19

FOTOREPORTAJ

Termiz shahridagi “Surxon-Arena” sport majmuasida kamondan otish sport turi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi o‘tkazildi.

Musobaqaning kattalar, o‘smirlar hamda yoshlar o‘rtasida 70+70 va 60+60 mashqlarida final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Finalga chiqqan merganlarning bahsi yanada qizg‘in va his hayajonga boy bo‘ldi. Belgilangan nishonni aniq mo‘ljalga olgan sportchilar g‘olib va sovrindor bo‘ldi.

[gallery-8832]

Musobaqa g‘oliblarini taqdirlash marosimida Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i Sh.Saidov, Milliy gvardiya viloyat Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i, O‘zbekiston kamondan otish federatsiyasi viloyat hududiy bo‘limi raisi A.Umarov, Kamondan otish bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi bosh murabbiyi G.Aripova ishtirok etdi.

Faxrli o‘rinlarni egallagan sportchilarga diplom, medal, musobaqa kubogi hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Shuningdek, marosimda musobaqani yuqori saviyada, ko‘tarinki ruhda o‘tkazishda o‘zining munosib hissani qo‘shgan bir guruh murabbiylar e’tirof etildi.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA