Merganlar musobaqasi
Namanganda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 29 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan yoshlar o‘rtasida pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha viloyat hokimi kubogining 1-bosqich musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqada jami 156 nafar sportchi ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ldi. Keyingi o‘rinlar Namangan shahar jamoasi va to‘raqo‘rg‘onlik sportchilarga nasib etdi.
Musobaqa g‘olib va sovrindorlari O‘zbekiston Mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
[gallery-754]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA