Mentalitet va ijtimoiy mentalitet tushunchalarining ilmiy konseptual asoslari
Guljaxon Zokirjon qizi SUYARKULOVA mustaqil izlanuvchi Farg‘ona davlat universiteti Farg‘ona, O‘zbekiston guljaxonzokirovna@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada mentalitet shakllanishining o‘tgan asr bilan bog‘liq oqibatlari, saboqlari va istiqbolini belgilaydigan jihatlar, uning kelib chiqish tarixi, mavjud asosiy konsepsiyalari, shuningdek jamiyat hayotida qanday ahamiyat kasb etayotganligi hamda turli sohalarda faoliyat yurituvchi olimlar orasida ushbu tushunchaning ma’nosini aniqlashtirish borasida olib borilgan bahs-munozaralar haqida so‘z yuritiladi.
Tayanch so‘zlar: mentalitet, demokratik islohotlar, zamonaviy texnologiyalar, milliy taraqqiyot, inson ruhiyati, fikrlash uslublari, irsiy xususiyatlar, milliy tafakkur tarzi, milliy dunyoqarash, madaniy anropologiya.