Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Menni Pakyao bilan jang qilgan bokschi Shahram Gʻiyosovga qarshi ringga koʻtariladi
20:10 / 2019-03-09

Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram Gʻiyosovning keyingi jangi qachon oʻtkazilishi aniq boʻldi. Unga koʻra, bokschimiz 26 aprel sanasida jang olib boradi.


Professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Shahram Gʻiyosovning keyingi jangi qachon oʻtkazilishi aniq boʻldi. Unga koʻra, bokschimiz 26 aprel sanasida jang olib boradi. Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Hozircha raqib va jang oʻtkaziladigan joy borasida aniq toʻxtamga kelinmagan. Bokschimizning oʻzi boʻlajak raqib ancha tajribali boʻlishini, Lukas Mattis va Menni Pakyao kabi nomdor charm qoʻlqop ustalari bilan toʻqnash kelgani haqida maʼlumot bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, Gʻiyosov soʻnggi jangini 24 fevral kuni Meksikaning Tixuana shahrida mezbon bokschiga qarshi olib borib, muddatidan avval gʻalabaga erishgan edi.