Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur (+video)
O‘zbekiston Milliy kutubxonasida yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Menkim, sohibqiron - jahongir Temur” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Ushbu tadbir O‘zbekiston Milliy gvardiyasi bilan hamkorlikda o‘tkazilishida ham ramziy ma’no mujassam. Ota-bobolarimizdan meros shu muqaddas zamin bugun ishonchli qo‘llarda ekaniligiga ishora bo‘lsa, yana bir jihati yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishdan iboratdir.
Buyuk sarkarda va davlat arbobi Temur Tarag‘ay ibn Barlos bizga adabiy asarlar va davlat boshqaruvi tuzuklaridan tortib, jahon tarixiga kirgan noyob arxitektura va qadimiy me’morchilik durdonalarigacha bo‘lgan ulkan merosni qoldirdi. O‘ylaymizki, sohibqiron xayoti kelajak uchun mayoq sifatida xizmat qilib xotiralarda mangu saqlanib qoladi.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/mCy39g4uQJo" title="Menkim, Sohibqiron – Jahongir Temur" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>M.Turdaliyeva, N.Abduvoitov (video), O‘zA