French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mening yo‘lim” loyihasida Buxoro viloyatidan 30 ta taklif g‘olib bo‘ldi
09:53 / 2023-05-10

Bu haqida viloyat Moliya boshqarmasi ma’lumotlari asosida ma’lum qilindi.

2022 yildan boshlab tuman (shahar) byudjeti parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirilishi qat’iy belgilab qo‘yildi.  

Bunda, jamoatchilik fikri (takliflar) portaldagi “Mening yo‘lim” loyihasi asosida “qabul qilish” va “ovoz berish” bosqichlaridan ketma-ketlik bilan o‘tgach g‘olib takliflar aniqlanadi. “Tashabbusli byudjet” jarayonlaridan farqli ravishda bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan loyihaning navbatdagisida buxoroliklar ham faol qatnashdi.  

“Mening yo‘lim” loyihasi joriy yilning aprelidan 7 may kuniga qadar bo‘lgan muddatda o‘z bosqichlarini yakunladi va g‘oliblar aniqlandi. Jumladan, jarayonlarda viloyatdan portal orqali 626 ta takliflar bildirildi. Ularga jami 483 394 ta ovozlar qoldirilgan holda yakunda g‘olib deb topilgan 30 ta taklifga 213 300 ta ovozlar berildi.  

O‘z navbatida, tashabbuslarni moliyalashtirish uchun 2023 yil byudjet parametri hisobidan 39 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa, shundan “Mening yo‘lim” loyihasiga yuqoridagi mablag‘ning 27 milliard 300 million so‘mi ajratiladi. Shuningdek, qolgan qismi hududiy hokimliklar tomonidan taqsimlanuvchi mablag‘ hisoblanadi.  

Zarif Komilov, O‘zA