English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Mening uyim" billing tizimi aholiga qanday qulayliklar taqdim etishi mumkin?
19:04 / 2022-11-02

Respublikada 1,3 milliondan ortiq xonadondan iborat 39 ming 691 ta ko‘p kvartirali uy mavjud bo‘lib, ularga 736 ta boshqaruvchi tashkilot hamda 277 ta uy-joy mulkdorlari shirkati xizmat ko‘rsatadi.

bugungi kunga qadar “Mening uyim” yagona elektron bazasiga shirkat va boshqaruv tashkilotlar boshqaruvidagi ko‘p kvartirali uylardagi 1 million 218 ming 689 ta xonadon to‘g‘risidagi ma’lumotlar kiritilgan. Shundan 731 ming 849 tasi viloyatlar va 486 ming 840 tasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.  

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari va soha mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2022 yil 1 yanvarga qadar butun respublika hududlarida ko‘p kvartirali uy-joy xizmat ko‘rsatish jarayoniga uy-joy mulkdorlarining jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami va ularning tegishli mol-mulki kadastr raqamidan foydalangan holda billing tizimini joriy qilish belgilangan.  Qayd etilishicha, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan ko‘p qavatli uylarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlar hisob-kitobini yurituvchi "Mening uyim" billing tizimi ishga tushirildi.  

bugungi kunda mazkur axborot tizimi orqali ko‘p qavatli uylarni boshqaruvchi tashkilotlar faoliyatini optimallashtirish va respublikadagi ko‘p kvartirali uylar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning markazlashgan hisobini yuritish, ko‘p xonadonli uylarning holati, uy-joy mulkdorlari tomonidan to‘lanadigan mablag‘lar, qarz miqdori, muddatini avtomatik tarzda kuzatib borish, uy-joy mulkdorlaridan olingan to‘lovlar to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlarni yagona bazada saqlash hamda uy egasining shaxsiy kabinetida yangilik, xabarnoma va xabarlarni nashr etish imkoniyatlari yaratilgan.  

Shuningdek, "Mening uyim" billing tizimi orqali tijorat banklarining kassalari va elektron to‘lov tizimlari (clic, paynet, upay, payme, uzcard) orqali majburiy badal to‘lovlarini amalga oshirish mumkin hamda boshqaruv tashkilotlari tomonidan 24 soat mobaynida faoliyat yuritadigan dispetcherlik va avariya vaziyatlarini bartaraf etish xizmatini tashkil etishga erishiladi.  

“Mening uyim” axborot tizimi orqali joriy yil boshidan 31 oktyabrga qadar Markaziy bankning kliring “MUNIS” tizimi va elektron tizimlar orqali 173 milliard  so‘m pul mablag‘i kelib tushgan.  

 Muhayyo TOSHQORAEVA, O‘zA