Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Mening ustozim» tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
22:41 / 2021-10-06

O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Haykaltaroshlik” ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida «Mening ustozim» badiiy kompozitsiya loyihasini yaratish bo‘yicha ijodiy tanlov g‘oliblarini taqdirlash marosimi hamda ijodiy ishlar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ustoz-murabbiylarimizga bo‘lgan yuksak hurmatni ijodiy asarlar orqali tarannum etish, uni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan tadbirda 30 dan ortiq yuksak saviyali ijodiy ishlar tanlov hay’atiga taqdim etildi.O‘zbekiston Badiiy akademiyasi hamda homiylar tomonidan tanlov g‘oliblari aniqlandi va munosib rag‘batlantirildi.

Shunga ko‘ra, 1-o‘rin sohibi Erkaboy Aminovga bir yillik to‘lov-shartnoma puli to‘lab berilda va u noutbuk bilan mukofotlandi. 2-o‘rin sohibi G‘iyosjon Nurmuhammadovning esa bir yillik to‘lov-shartnoma puli to‘liq qoplab berildi. Shuningdek, faxrli 3-o‘rin sohibiga aylangan Tohirjon Ahmedov hamda Alisher Boqiyevlarning bir yillik shartnoma pullari ham to‘lab berildi.

[gallery-4170]

Marosimda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur hamda institut rektori Nodirbek Sayfullayev g‘oliblarni taqdirlar ekan, tanlovga qabul qilingan ijodiy ishlarning badiiy saviyasi nihoyatda yuksakligi , ayniqsa, mavzu mahorat bilan ochib berilganini ta’kidlab, bu so‘nggi yillarda yurtimizda badiiy ta’lim rivojiga berilayotgan e’tibor samarasi ekanligini, bugun ijod olamiga dadil qadamlar bilan kirib kelayotgan ushbu yoshlar kelajakda Yangi O‘zbekiston san’ati rivojiga munosib hissa qo‘sha oladigan yetuk ijodkorlar bo‘lishiga ishonch bildirishdi.

– Men bugun juda ham mamnunman, – deydi tanlov g‘olibi Erkaboy Aminov. – Avvalo, tanlov tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ushbu ijodiy tanlov mavzusining o‘ziyoq ijodkorga shijoat beradi. Negaki, bizning mana shu yutuqlarni qo‘lga kiritishimiz, hayotda o‘z o‘rnimizni topishimizda ustozlarimizning hissalari beqiyos. Kelajakda yanada ko‘proq mehnat qilib, ustozlarim o‘gitlariga amal qilgan holda, yurtimizning san’ati rivojiga o‘z hissamni qo‘shaman degan umiddaman.

Gulnoza Boboyeva, Oybek Pardayev(surat),O‘zA