“Mening ona diyorim – Mening Qoraqalpog‘istonim” nomli albom-katalogining mualliflik nusxalari o‘z egalariga topshirildi
Nukus shahridagi I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyida 2022 yil nashriyotda chop etilgan qoraqalpoq rassomlarining ijodiy ishlariga bag‘ishlangan “Mening ona diyorim – Mening Qoraqalpog‘istonim” nomli albom-katalogining mualliflik nusxalarini rassomlarga topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi vakillari, taniqli rassomlar, san’atshunoslar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
[gallery-8254]
Albom-katalogda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tasviriy san’atning dastlabki takomillashuv davri va uning rivojlanish tarixi to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
Sohada samarali faoliyat yuritgan bir nechta avlod vakillarining tasviriy san’at asarlari, shuningdek, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi a’zolarining mualliflik ijodiy ishlari albom-katalogda o‘z aksini topgan.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA