Mening nafsim balodir...
Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati Jondor tumani filiali mas’ul xodimi, Ushbu tumanda yashovchi fuqaro R.Sh. uy-joyiga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish maqsadida mazkur idora mas’uli F.X.ga murojaat qilgan. Ammo mas’ul xodim fuqaroning marhum otasi tomonidan noqonuniy ravishda qurilgan binoni rasmiylashtirib berish evaziga 500 AQSH dollar talab qilgan.
Dastlab, u hujjatlarning ma’lum qismini tayyorlab bergani uchun 1 million so‘mni “avans” sifatida olgan. Bu holat huquq-tartibot idoralari tomonidan belgilab olingan tartibda yashirin kamera orqali tasvirga olingan.
Keyinchalik, kadastr xodimi o‘z talabini yana davom etgan holda qolgan 400 AQSH dollarini ham talab qilgan va pulni olayotgan paytda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.