Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mening maktabim” loyihasiga start berildi (+video)
19:40 / 2025-10-23

Davlatimiz rahbarining farmoniga asosan 2024 yildan boshlab byudjet mablag‘larini jamoatchilik ishtirokida taqsimlashda maktab o‘quvchilari ishtirokini nazarda tutuvchi– “Mening maktabim” yangi loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Maqsad maktablarda o‘quvchilarning tahsil olishlariga qulay sharoit yaratish va ularni jarayonlarga faol jalb etishdir.

Hozirda mazkur loyiha bo‘yicha takliflar yig‘ilmoqda va bu borada qilinayotgan ishlar, jarayonlarning borishi haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi bosh mutaxassisi Sanjar Sultonov bilan suhbatlashdik. 

- Ushbu loyiha avvalgi “Tashabbusli byudjet”ga o‘xshashmi? Mazkur loyihaga o‘zi zarurat bormidi?

- O‘zbekiston Resupblikasi Prezidentining 2024 yil 21 fevraldagi PF-37-son farmoniga asosan “Mening maktabim” loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Uning asosiy mohiyati byudjet mablag‘larini taqsimlashda jamoatchilik fikriga tayanish. Yana bitta mexanizmi – bu yoshlarning ishtirokini ta’minlash. Bir tomondan yoshlarni qaror qabul qilishda, byudjet mablag‘larini taqsimlashda jamoatchilik nazoratini shakllantiradigan bo‘lsa, ikkinchi tomondan davlat mulkining tasarrufiga bo‘lgan qadriyatlarni yuksaltirishga yordam beradi. 

“Mening maktabim” loyihasi dastavval 2024 yilda eksperemental tarzda har viloyatning bir tumanida sinov tarzida o‘tkazildi. Mazkur maqsadlar uchun jami 30 mlrd so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan bo‘lsa, 1380dan ortiq loyihalar g‘olib deb topildi. 2025 yildan boshlab mazkur loyiha respublikamizning barcha tuman-shaharlaridagi umumta’lim maktablarida faoliyati yo‘lga qo‘yilgan hamda mazkur maqsadlar uchun 500 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘lar yo‘naltirilishi nazarda tutilmoqda. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9jUcW_1Z7SM" title="“Mening maktabim” loyihasiga start berildi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Nishonboy Abduvoyitov, O‘zA