Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Adliya vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika tanlovi joriy yilning 22-23 dekabr kunlari o‘ta mazmunli, qizg‘in baxslarga boy, xolisona va oshkoralikda tashkil etildi.
Tanlovning hududiy bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 14 ta jamoalarning jami 70 nafar o‘quvchisi o‘zlarining bilimlarini amalda namoyish etdilar.

Dasturga muvofiq, joriy yilning 22 dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 90 nafar o‘quvchi va o‘qituvchi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasigatashrif buyurdi. Tashrif davomida o‘quvchilar “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga Vatan ozodligi yo‘lida qahramonlik ko‘rsatgan buyuk ajdodlarimizning ibratli hayotlari bilan yaqindan tanishdilar.
Tanlov yakuniga ko‘ra, birinchi o‘rinni Namangan viloyatining “Advokat” jamoasi qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rinni Buxoro viloyatining “Yangi O‘zbekiston” jamoasi olgan bo‘lsa, uchinchi o‘rin Qashqadaryo viloyatining “Yuristlar” jamoasiga nasib etdi.
Qolgan hududiy jamoalar turli nominatsiyalar hamda vazirlikning esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Fayzullo Yahyoyev, O‘zA