Namangan viloyati bojxona boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Davlatobod tumanidagi 18-sonli davlat ixtisoslashtirilgan maktab internetida o‘quvchilar bilan “Mening dadam – Vatan himoyachisi” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda o‘quvchilarga bojxona tizimi xodimlarining mas’uliyatli va sharafli xizmati, ularning mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashdagi o‘rni haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Davra suhbati shaklida kechgan tadbir davomida yurtimizda bojxona sohasiga bo‘lgan e’tibor va imkoniyatlar alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, o‘quvchilar o‘rtasida Bojxona institutiga o‘qishga kirish tartibi, tanlov bosqichlari hamda ta’lim jarayonlari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldi.
Muloqotda, boshqarma xodimi, mayor Muzaffar Abdullayev kasbga bo‘lgan sadoqat haqida so‘zladi. Shuningdek, uning farzandi Mustafo Murodillayev ham so‘zga chiqib, otasining fidokorona mehnati bilan faxrlanishini va kelajakda shunday sharafli kasb egasi bo‘lishni orzu qilishini ta’kidladi.
Oqilxon Dadaboyev, O‘zA