“Mening biznesim” moduli ishga tushdi
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bazasidagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatga olish new.birdarcha.uz tizimida “Mening biznesim” moduli ishga tushirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining aniqlik kiritishicha, modul tadbirkorlar uchun muhim ma’lumotlarni bir joyga to‘plab, tadbirkorlik sub’ekti haqidagi umumiy ma’lumotlar, soliq hisobotlari, litsenziyalar va intellektual mulk to‘g‘risidagi ma’lumotlardan foydalanish imkonini beradi.
Bu yerda shuningdek, sub’ektga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk, uning avtomobil jarimalari va mulk bilan bog‘liq taqiqlar haqidagi ma’lumotlarni ham olish mumkin.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA