Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“..menga ham “Prezident sovg‘asi” berildi..”
15:43 / 2023-09-04

Bugun poytaxtimizdagi 336 ta umumta’lim maktabida «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbirlari va 2023-2024-o‘quv yilining ilk kuni ko‘tarinki ruhda boshlandi.

Toshkent shahar xokimligi axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda poytaxtimizning jami 493 ming 285 nafar yoshlari maktab ta’limiga qamrab olingan bo‘lib, joriy o‘quv yilida ular uchun umumta’lim fanlari, xorijiy tillar va kasb-hunar o‘qitishda yangilanish va o‘zgarishlar bo‘ladi.  

Shuningdek, joriy o‘quv yilida 53 ming 764 nafar bolajonlar 1-sinfga qabul qilindi va bu yoshlar bugun o‘z maktablarida Prezident sovg‘alarini olib, umumiy o‘rta ta’limni boshlashdi.  

–Birinchi sinfga qabul qilinganim uchun menga ham “Prezident sovg‘asi” berildi, –dedi quvonch bilan Farzona Saidvafoyeva, – Unda barcha o‘quv-qurollari jamlangan. Maktabga kelganimdan juda hursandman. Birinchi kundan boshlab faqat besh baholarga o‘qishni boshlayman.  

Beg‘ubor va pok niyyatlar bilan o‘qishni boshlagan kichkintoylarimizga omad tilaymiz.  

 

Gulnoza Boboyeva,O‘zA