Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
«Mendan ketguncha – egasiga yetguncha»...mi?
15:42 / 2021-05-22

Ba’zi pudratchilar tomonidan uylar «mendan ketguncha – egasiga yetguncha…” qabilida qurilayotgandek go‘yo...

Jumladan, Sho‘rchi tumani «Qoqaydi» MFYda joylashgan 90 o‘rinli 49-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti pudratchi tashkilot «Fayz paxta servis» MCHJ tomonidan qurilgan.Ushbu qurilish ob’ekti Federatsiya tomonidan o‘rganilganda, smeta qiymati, 2 mlrd. 762. mln. 706 ming 171 so‘m etib belgilangani, biroq, smetasi noto‘g‘ri tuzilganligi sababli smetada ko‘rsatilgan ishlardan oxirigacha yetkazilmagani ma’lum bo‘ldi. Joriy yilning 5 may kuni topshirilgan bog‘chaning pol (lenonium) qismi ko‘chib ketgan.

Oshxona uchun o‘rnatilgan 2 ta suv nasosining biri ishlamaydi. Yoritgich chiroqlari to‘liq yonmaydi. Binoning tashqi fasadi ham yaroqsiz holga kelib qolgan. Bolalar o‘yingohi (besedka)ning shift qismiga «MENDAN KETGUNCHA EGASIGA YeTKUNCHA» qabilida ta’mirlangani sababli qayta ta’mirga muhtoj.MTT hovlisiga o‘rnatilgan transformator xavfsizlik ishlari oxiriga yetkazilmagan.