English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mendan ketguncha – egasiga yetguncha” qabilida ishlayotganlar
17:48 / 2022-06-20

Har bir iste’molchi xarid qilgan yoki xarid qilayotgan mahsulotni sifati, sertifikati to‘g‘risida ma’lumot talab qilishga haqlidir.

Bu huquq qonun bilan himoyalangan. Afsuski, bugun iste’molchilar ushbu huquqlarini to‘liq anglamasligiga ham guvoh bo‘lyapmiz. 

Bugun Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga eng ko‘p kelib tushayotgan murojaatlar ham aynan sifatsiz mahsulotlardan “kuyib” qolganlar bilan bog‘liq. “Mendan ketguncha – egasiga yetguncha” qabilida ishlayotgan ba’zi tadbirkorlar ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning yaroqsiz yoki nosozligi fuqarolarning haqli e’tiroziga sabab bo‘lmoqda. 

Buyumlarni qaytarib olishdan bosh tortayotgan savdo xodimlari ustidan esa shikoyat arizalari ham ko‘paymoqda. 

Shunday murojaatlardan biri Samarqand viloyati Payariq tuman Chelak shahrida yashovchi S.Asqarovga tegishli. U Samarqand shahrida joylashgan “NAVRAS” MCHJ dan xarid qilgan jami 10 million so‘mlik plitalarining mutlaqo sifatsizligidan shikoyat qilgan. 

Iste’molchi mahsulotni sifatlisiga almashtirish yoki pulni  qaytarishni so‘ragan, ammo MCHJ rahbariyati bundan bosh tortgan. 

Holatni Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishi jamiyati xodimlari qonun doirasida o‘rganib, 10 million pulni egasiga undirib berdi.  

Shuni aytib o‘tish kerakki, Yevropa tajribasiga ko‘ra, har bir iste’molchi xarid qilayotgan mahsulot, tovar (ish xizmat) larning sifat ko‘rsatgichlarini alohida talab qilaversa, o‘z-o‘zidan sifatsiz mahsulotlar savdosi kamayib boradi. 

Bu uchun fuqarolar o‘z navbatida, Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar, undagi o‘zgarishlar to‘g‘risida xabardor bo‘lib turishlari lozimdir.  

Maftuna Karimova,  O‘zA