Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Men xalq taqdiriga befarq emasman
11:35 / 2023-07-07

Saylovoldi tashviqotida saylov komissiyalarining harakatlari va qarorlari ustidan shikoyatlarni endi faqat sudda ko‘rib chiqishi joriy etilgani, saylov byulletenida nomzodlarning egallab turgan lavozimlarining yozilmasligi kabi tartiblar chindan ham ahamiyatli.

Saylovoldi tashviqotini olib borish maqsadida ommaviy axborot vositalaridan bepul foydalanish tartibi, hajmi va vaqti saylovda ishtirok etishga ijozat berilgan siyosiy partiyalarning fikrini inobatga olgan holda Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanishi ham shunchaki tartib emas. Bu tartib ijrosida katta qulaylik va xolislik mujassamligi haqida o‘qib, o‘rganarkanman, rosti, ko‘nglim yorishib ketadi. Tengdoshlarim bilan saylov yaqinlashgani sayin qonunchilik mexanizmlarining hayotiyligiga ishonchim mustahkamlanmoqda. Saylov jarayonlarida ilk bor ishtirok etayotganim uchun hayajondaman. Men yurtimizning ertangi taqdiri haqida jiddiy o‘ylab ko‘rib, keyin qaror qabul qilishim kerak, degan fikr tinchlik bermayapti.  

Afsuski, oramizda mening ovozim nimani ham hal etardi, deb o‘ylovchilar ham bor. Har bir ovoz beruvchi fuqaro o‘z ovozi bilan taqdirini hal qilishda ta’sir ko‘rsatishini anglashi lozim. O‘z taqdirini mamlakat taqdiriga chambarchas bog‘lagan har bir yosh saylovchi yaqinlashib kelayotgan saylov jarayonlarida faol ishtirok etib, saylovga befarq bo‘lmasligi kerak. Boisi, bu Prezidentlik saylovi mamlakatimizning taqdiriga, kasbimiz, yoshimizdan qat’iy nazar, har birimizga daxldor masala. Shunday ekan, yurtning buguni va ertangi kuni bilan bog‘liq masala hal bo‘ladigan saylovda har bir fuqaro faollik hamda mas’uliyat bilan ishtirok etishi lozim.  

Otabek Qobilov,  

Namangan viloyati  

Chust tumani Tinchlik mahallasi yoshlar yetakchisi  

O‘zA.