English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Men Vatanning bo‘lajak himoyachisiman!”
15:01 / 2026-01-10

“Vatanparvarlik” oyligi doirasida Andijon viloyati Marhamat tumanidagi “XXI asr akademiyasi” xususiy ta’lim tashkilotida “Men Vatanning bo‘lajak himoyachisiman!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Keng jamoatchilik vakillari, ta’lim tashkiloti tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari hamda ularning ota-onalari ishtirokida bolalarda mardlik, jasorat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan tadbir ochilishida so‘zga chiqqanlar yosh avlodni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va mardlik an’analari ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Tadbir davomida bolajonlar tomonidan vatanga muhabbat, yurt himoyachilari – harbiylarga hurmat mavzusidagi sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Tinchligimiz, ona yurt, davlatimizning muqaddas ramzlari – bayrog‘imiz, madhiyamizni madh etuvchi she’rlar aytildi, qo‘shiq va raqslar ijro etildi. Ayniqsa, ularning harbiy mashqlarni bajarish bo‘yicha chiqishlari tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. 

Tadbirda ishtirok etgan bolajonlar ta’lim tashkiloti ma’muriyati tomonidan rag‘batlantirildi.

Ushbu tadbir bolajonlar qalbida ona yurtga muhabbat, vatan himoyachilariga hurmat, faxr-iftixor tuyg‘ularini shakllantirish va mustahkamlashga xizmat qildi. 

F. Ubaydullayev,
Z. Umrzoqov (foto), O‘zA