Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Men ro‘yxatdan o‘tdim, sizchi?
11:06 / 2026-01-19

Shu kunlarda qizg‘in davom etayotgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish jarayoni – mamlakatimiz taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy rejalashtirish va kelajak avlod manfaatlari yo‘lidagi muhim tadbirlardan. Bu jarayon fuqarolik mas’uliyati va jamiyat oldidagi burchni namoyon etadi.

Ro‘yxatdan o‘tish faqatgina rasmiy talab emas, balki har birimizning ongli harakatimiz bo‘lishi kerak. Men ham aholini ro‘yxatga olish jarayonidan to‘liq va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tdim. Barchani ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok etishga chaqiraman. Chunki bugun bergan ma’lumotimiz ertangi kun taraqqiyotiga xizmat qiladi.

Keling, bu muhim jarayonda barchamiz birdek faollik ko‘rsatib, namuna bo‘laylik!

O‘zbekiston Milliy axborot agentligining Buxoro viloyatidagi fotomuxbiri Tohir Istatov.