Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etiladi
14:48 / 2022-03-10

Qo‘qon shahri qadim-qadimdan hunarmandchilik vatani hisoblanadi. Bu hududdan dunyo tan olgan mohir usta hunarmandlar yetishib chiqqan. Respublika hunarmand uyushmasi axborot xizmati xabar berishicha, “Men Qo‘qonga boraman” shiori ostida ko‘rgazma va ko‘rik-tanlov tashkil etiladi.

Yurtimizda hunarmandchilik bilan muntazam shug‘ullanayotgan, respublika miqyosida namunaviy hunarmand sifatida o‘zini ko‘rsata olgan va ilg‘or natijalarga erishgan mohir hunarmandlar anchagina. Ular mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga hamda  hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda. 

Ushbu tanlovda hunarmandchilik maktabi ustalari, amaliy san’at ustalari, yosh hunarmandlar, sulolalar davomchilari bo‘lgan milliy hunarmandchilikning 34 yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatuvchi “Hunarmand” uyushmasi a’zolari bo‘lgan hunarmandlar ishtirok etishi mumkin. Tanlovning tuman (shahar) bosqichi joriy yilning mart oyida bo‘lib o‘tadi. 



Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad milliy hunarmandchilik va xalq amaliy san’ati sohasida faoliyat yuritib kelayotgan va soha rivojiga ulkan hissa qo‘shgan tajribali, iste’dodli hunarmandlarni aniqlash, ularni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirishdan iborat. Shuningdek, hududlarda xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni jadal rivojlantirishni rag‘batlantiruvchi muhit yaratish va hunarmandchilik faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni ommalashtirish ko‘zda tutilgan. 

Bundan tashqari, respublikada xalq amaliy san’atining mavjud turlarini jadal rivojlantirish, ushbu hunar turlarini yoshlarga o‘rgatish va yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda o‘zbek xalq amaliy san’ati namunalarini o‘zbek brendi sifatida xalqaro miqyosda targ‘ib qilish, o‘zbek xalq milliy madaniyati an’analarini namoyish etish orqali sayyohlarni jalb qilish masalasi ham inobatga olingan. 

Tanlov orqali xalq amaliy san’atining noyob va yo‘qolib borayotgan turlarini saqlash, qayta tiklash, festivalga iqtidorli hunarmandlar va iste’dodli yoshlarni jalb etish va mintaqada barqaror turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi. 

Fayzullo Yahyoyev,  O‘zA