Men o‘z mahallamda ovoz berdim! Siz-chi?!
Bugun erta tongdan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, uning tuman va shaharlardagi bo‘limlari jamoalari hamda viloyatning barcha 239 ta mahallasining "Mahalla yettiligi" a’zolari saylov jarayonlarida faol ishtirok etishmoqda.
Boshqarma boshlig‘i Uyg‘un Hotamov ham Boyovut tumani “Sarmich” mahallasidagi 36-umumta’lim maktabida tashkil etilgan 79-saylov uchastkasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari nomzodlariga ovoz berdi.


–Sirdaryoda mavjud mahallalarda muhim siyosiy tadbir, saylov jarayonlariga qizg‘in hozirlik ko‘rilgan,–deydi Uyg‘un Hotamov. – Buni saylovga kelayotgan saylovchilar bilan suhbatlashib, ular so‘zidan, yuz ifodasidan bilsangiz bo‘ladi. Ishonamizki, biz ovoz bergan nomzodlar ishonchimizni oqlaydi, yurt taraqqiyoti yo‘lida astoydil mehnat qilishadi.
G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri