Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Men kasbimni sevaman
20:28 / 2021-04-22

Qo‘rg‘ontepa tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida "Men kasbimni sevaman" mavzusida kasb mahorati bellashuvi bo‘lib o‘tdi.

O‘quvchi yoshlarning kasb egallashga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kasb ko‘nikmalarini mustahkamlash, kelgusida o‘zlari egallayotgan sohaning yetuk mutaxassisi bo‘lishlariga ko‘maklashish va ularni rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilgan bellashuvda kasb-hunar maktabida turli mutaxassislik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil olayotgan o‘quvchilardan iborat 7 jamoa ishtirok etdi.

Jamoalar tanishtiruv, savol-javob, amaliy topshiriq va sahna ko‘rinishi shartlari bo‘yicha o‘z bilim va mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.

[gallery-2147]

– Bellashuvda egallayotgan mutaxassisligimiz bo‘yicha bilim va mahoratimizni sinovdan o‘tkazdik, – deydi Tikuvchilik yo‘nalishi o‘quvchisi Shoxista Ashuraliyeva. – Nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarimizni ustozlarimiz yuqori baholadi. Bizning asosiy maqsadimiz, kasbimizning yetuk mutaxassisi bo‘lib yetishish, kelgusida hayotda o‘z o‘rnimizni topish, yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishdir.

Qiziqarli va rang-barang chiqishlar ostida o‘tgan bellashuvning yakuniy natijasiga ko‘ra, eng yuqori ball to‘plagan tikuvchilik yo‘nalishi o‘quvchi qizlaridan tuzilgan jamoa g‘olib, deb topilib, I darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlandi.

O‘quvchilarning kasbiy ko‘nikmalarini boyitish, iqtidor va salohiyatlarini yuksaltirishga xizmat qilgan bellashuv sovrindorlari ham munosib rag‘batlantirildi.

F.Ubaydullayev, Z.Umrzoqov (surat), O‘zA