Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Men hayotga muxlisman”
11:10 / 2025-10-17

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida oʻtkazilgan adiblar va ijodkor ishchilar uchrashuvi shunday nomlandi.

Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, el sevgan adib, hassos shoir Shodmonqul Salom hamda isteʼdodli shoir va ijodkor Dilmurod Doʻst ishtirokidagi ijodiy uchrashuv juda qiziqarli boʻldi.

Tadbirga kombinatda sanoat ishlab chiqarishning turli sohalarida mehnat qilayotgan adabiyotga oshufta, ijodga qiziquvchi 100 ga yaqin ishchi-xodimlar ishtirok etdi. Dastlab adiblar ijodidan lavhalar, videoroliklar namoyish etildi. Adabiy uchrashuv Shodmonqul Salomning buyuk shoir Abdulla Oripov rolidagi ajoyib ijrosi va boshqa ijodiy faoliyatiga oid muxlislar eʼtirofi, savol-javoblar bilan qizgʻin tus oldi. 

Shuningdek, tadbirda ishchilar ijodidan sheʼrlar tinglandi va faol ijodkorlar ragʻbatlantirildi. Samimiy muloqot va ajoyib ijodiy muhit ustuvorligi bilan tadbir barchada iliq taassurot qoldirdi.

 OKMK Axborot xizmati,

O‘zA