Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Men ham harbiy bo‘laman” – milliy armiyamizning rivojlanish jarayonlari aks etgan manba
12:21 / 2024-09-18

FOTOREPORTAJ

Farg‘ona viloyat Sharqiy harbiy okrug qo‘mondonligiga qarashli Ma’naviyat va ma’rifat markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati hamkorligida “Men ham harbiy bo‘laman” nomli kitobi taqdimotiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda Milliy gvardiya qo‘mondonligi tomonidan chop etilgan mazkur kitob-albom “Temurbeklar maktabi”, Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik litseyi, umumta’lim maktablaridagi “Vatan tayanchi” dasturi o‘quvchilari hamda muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar uchun o‘quv-qo‘llanma sifatida xizmat qilishi bilan ahamiyatli. 

[gallery-19319]

Taqdimotda Sharqiy harbiy okrugi qo‘mondonining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Mehriddin Qo‘chqorov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi bo‘lim boshlig‘i To‘xtasin Arslonov so‘zga chiqib, mazkur kitobning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati haqida batafsil so‘z yuritdi. Xususan, unda tarix bilan bugungi kun hamohang ekanligi, zamonaviy texnologiyalar qo‘llanilgani, ya’ni, QR kodlarni mobil qurilmadan foydalangan holda o‘qish va video tasvirlarni ko‘rish imkoniyati aytib o‘tildi. Shuningdek, kitob sahifalarida milliy tariximiz, ajdodlarimizning jangovar ruhi, Vatanga muhabbati, milliy davlatchiligimiz bosib o‘tgan shonli yo‘l hamda armiyamizning rivojlanish jarayonlari haqidagi qimmatli ma’lumotlar aks etgani ta’kidlandi.

Tadbirning ikkinchi qismida yaqinda Fransiyada o‘tkazilgan XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlarining farg‘onalik g‘olib va sovrindorlari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA