Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Men g‘olib” shiori ostida “Qo‘shin razvedkasi a’lochisi” musobaqasining navbatdagi bosqichi o‘tkazildi
10:50 / 2019-08-23

Sharqiy harbiy okrug miqyosida “Men g‘olib” shiori ostida “Qo‘shin razvedkasi a’lochisi” musobaqasining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.


Sharqiy harbiy okrug miqyosida “Men g‘olib” shiori ostida “Qo‘shin razvedkasi a’lochisi” musobaqasining ikkinchi bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa ikki yo‘nalishda olib borildi. Birinchi yo‘nalishda qatnashchilar jismoniy tayyorgarlikdan 100, 3 va 5 kilometrga yugurish xamda turnikda tortilish, harbiy orientirlash orqali 10 kilometrga yugurish mashqlarini bajardi.

photo_2019-08-23_10-10-51.jpg

Ikkinchi yunalishda esa shaxsiy tarkibning chidamliligi sinaldi. Ular jangovar tayyorgarlik fanlaridan nazorat tekshiruvlarini topshirdi. Jumladan, taktik maxsus tayyorgarlikdan 20 metrga emaklab yurish, shartli dushman o‘t yog‘dirishi ostida o‘q-dorilarni yetkazib berish, vertolyotga chiqish va tushish, razvedkachilar yo‘lagidan o‘tish kabi me’yorlarni bajardi.

photo_2019-08-23_10-10-55.jpg

Shundan so‘ng otish tayyorgarligidan maxsus mashqlarda o‘z mahoratini namoyish etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va 
ommaviy kommunikatsiyalar departamenti