FOTOREPORTAJ
Farg‘ona viloyat qon quyish markazida 14 iyun – Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan “Men donorman” shiori ostida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Unda 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan, salomatligida qarshi ko‘rsatmalar yo‘q fuqarolar beg‘araz donor sifatida ishtirok etdi.
O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat Kengashi hamkorligida bo‘lib o‘tgan tadbirda yillar davomida o‘z salomatligini asrab, donorlik qilish orqali o‘zgalarga ko‘mak berib kelayotgan qahramonlar e’tirof etildi. Shuningdek, donorlik tadbirlarida faol ishtirok etayotgan harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari hamda ko‘plab tashkilotlarga viloyat hokimligi va sog‘liqni saqlash boshqarmasining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.
[gallery-12333]
Tadbir davomida yosh iste’dod egalari tomonidan kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Jajji qizaloqlarning raqslari davraga ko‘tarinkilik bag‘ishladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA