French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Melburn kortida yangi tarix — Alkaras va Ribakina chempion
10:42 / 2026-02-02

Melburn shahrida ikki hafta davom etgan tennis bo‘yicha yilning ilk «Katta dubulg‘a» turniri — «Australian Open» musobaqasi o‘z yakuniga yetdi. Dunyo tennisining eng nufuzli musobaqalaridan biri sanalgan ushbu turnirda erkaklar va ayollar o‘rtasidagi final bahslari katta qiziqish bilan kuzatildi.

Erkaklar o‘rtasidagi hal qiluvchi uchrashuvda dunyoning birinchi raketkasi, ispaniyalik Karlos Alkaras hamda reytingda to‘rtinchi o‘rinni egallab turgan serbiyalik tajribali Novak Jokovich o‘zaro kuch sinashdi.

Qiziqarli va keskin kurashlarga boy kechgan final bahsi 2:6, 6:2, 6:3, 7:5 hisobida Karlos Alkaras foydasiga hal bo‘ldi. Ushbu g‘alaba orqali ispaniyalik tennischi 2000 reyting ochkosi hamda 2 million 889 ming 230 AQSH dollari miqdorida mukofot puliga sazovor bo‘ldi. Novak Jokovich esa musobaqani 1300 ochko va 1 million 496 ming 830 AQSH dollari bilan yakunladi.

Ayollar o‘rtasidagi final bahsida dunyoning birinchi raketkasi, Belarus vakili Arina Sobolenko hamda qozog‘istonlik Yelena Ribakina o‘zaro to‘qnash keldi. 2 soatdan ortiq davom etgan uchrashuvda Yelena Ribakina 6:4, 4:6, 6:4 hisoblarida g‘alaba qozonib, faoliyatida ilk bor «Australian Open» chempionligiga erishdi.

Mazkur muvaffaqiyat qozog‘istonlik tennischiga 2000 reyting ochkosi hamda qariyb 2 million 900 ming AQSH dollari miqdorida mukofot pulini taqdim etdi.

Shu tariqa, «Australian Open – 2026» turniri yosh avlod vakillarining jahon tennisidagi ustunligini yana bir bor namoyon etgan holda o‘z yakuniga yetdi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA