Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meksikadagi portlash va yongʻin oqibatida halok boʻlganlar soni 76 nafarga yetdi
14:01 / 2019-01-20

Portlash juma kuni tunda Tlauelilpan shahridagi quvur noqonuniy kesilgan joyda sodir boʻlgan. Bu vaqtda koʻplab kishilar quvurdan otilib chiqayotgan yonilgʻini yigʻish uchun toʻplangandi.


Meksikaning Idalgo shtatida yonilgʻi quvuridagi portlash va yongʻin oqibatida halok boʻlganlar soni 76 nafarga yetdi. Bu haqida shtat rahbariyatiga asoslangan holda El Universal nashri xabar berdi.

Portlash juma kuni tunda Tlauelilpan shahridagi quvur noqonuniy kesilgan joyda sodir boʻlgan. Bu vaqtda koʻplab kishilar quvurdan otilib chiqayotgan yonilgʻini yigʻish uchun toʻplangandi.

Fojia sababli mamlakatda Favqulodda vaziyat boʻyicha milliy komissiya faoliyat boshladi. Maʼlumotlarga qaraganda yongʻin bartaraf etilgan. Halok boʻlganlar shaxslarini esa DNK tekshiruvi orqali aniqlanishi maʼlum qilindi.