Meksikada UFC sobiq chempioni kaltaklandi
UFC jangovar kurashlar yo‘nalishida o‘z davrining chempioni, aktyor Oleg Taktarovni Meksikadagi mashhur sayyohlik hududi - Rivera-Mayyada kaltaklab ketishdi.
Rossiyaning ushbu Lotin Amerikasi davlatidagi katta konsuli Andrey Troyanovskiy «RIA Novosti»ga bildirishicha, voqea mamlakatning Karib havzasi qirg‘og‘iga tutash mavzusida sodir bo‘lgan.
"Baxtsiz hodisa Rivera-Mayya turistik zonasida yuz berdi. Olegning o‘zi e’tirof etishicha, politsiya ish ochgan, ammo u elchixonaga boshqa hech qanday ma’lumot bermadi", — dedi diplomat.
Konsullik vaziyatni kuzatib boryapti va tergov jarayonida Taktarov nohaqlikka duch kelsa, aralashishga tayyor turibdi.
"Hozircha bunday fakt yo‘q. Biz hushyormiz va bu haqda Taktarovning o‘zini ham xabardor qildik. U bilan doimiy aloqadamiz", — qo‘shimcha qildi Troyanovskiy.