Meksika poytaxtida qurollangan shaxslar shahar merining kotibi va maslahatchisini otib o‘ldirdi. Bu haqda “CNN” nashri ma’lum qilmoqda.
Xabarda aytilishicha, Klara Brugada Mexiko shahri meri sifatida mamlakat prezidenti Klaudiya Sheynbaumdan keyin mamlakatda ikkinchi eng kuchli siyosiy shaxs sifatida tanilgan.
Ayni paytda federal hukumat hujum sabablari o‘rganilayotgani va qurollangan shaxslarni aniqlash uchun kuzatuv kamera tasvirlari tahlil qilinayotganini aytdi.
Mexiko bosh prokuraturasining ma’lum qilishicha, hujum ikki amaldor ishga ketayotgan paytda sodir bo‘lgan.
Sheynbaum matbuot anjumanida vafot etganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi va tergovni qo‘llab-quvvatladi.
Ohirgi paytlarda Meksikada siyosatchilarga hujumlar odatiy holga aylandi. O‘tgan yili o‘lkada siyosiy zo‘ravonlik qurbonlari soni rekord darajaga yetdi. Inson huquqlari tashkiloti odamlar va turli ob’ektlarga 661 ta hujum uyushtirilgani haqida xabar bergan.
Musulmon Ziyo, O‘zA