English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meksikada qurolli hujum oqibatida 19 kishi hayotdan ko‘z yumdi
16:45 / 2022-03-28

Meksikaning Michoakan shtatida sodir etilgan qurolli hurujda kamida 19 kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda dushanba kuni “El Universal” gazetasi davlat bosh prokuraturasiga tayanib, xabar berdi. 

Hodisa yakshanba kuni kechqurun Las Tinaxas qishlog‘idagi Sinapekuaro munitsipalitetida sodir bo‘lgan. Bir guruh qurollangan kishilar xo‘roz jangi bo‘layotgan xonaga bostirib kirib, u yerda bo‘lganlarga qarata o‘t ochgan.  

Prokuratura xodimlari voqea joyidan 19 nafar odamning jasadini topgan. Voqea guvohlarining prokuratura vakillariga ma’lum qilishicha, bir necha kishi jarohatlangan va ular shifoxonaga yetkazilgan. Ayni paytda prokuratura bu ma’lumotni tekshirmoqda. Hozircha voqea bo‘yicha boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.