English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meksikada joriy yil hisobidan o‘ninchi jurnalist otib ketildi
21:44 / 2022-05-10

Meksikaning Verakrus shtati hukumati dushanba kuni jurnalist ayol Yesseniya Molinedoni otib ketgan qotilni qidirmoqda, deya ma’lum qildi shtat gubernatori Kuitlauak Garsiya.

"Jurnalistni o‘ldirib ketgan qotillarni ushlash uchun Kosoleakake munitsipalitetida maxsus amaliyot o‘tkazilmoqda. Bilmaganlar bilib qo‘ysin, — Verakrusda bunday jinoyatlar jazosiz qolmaydi", — deb yozdi Garsiya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Mahalliy nashrlarning yozishicha, dushanba kuni bir guruh qurollangan kishilar El Veraz yangiliklar portalining xo‘jayini Yesseniya Molinedo Falkonini otib ketishgan, u bilan birga ushbu nashrning suratchisi Sheyla Garsiya ham o‘ldirilgan.

Molinedo shu yilning o‘zida Meksikada o‘ldirib ketilgan o‘ninchi jurnalist hisoblanadi. Articulo 19 huquqni himoya qilish tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilda Meksikada yetti nafar jurnalist o‘ldirilgan edi. Bu dunyo mamlakatlari orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir. Andres Manuel Lopes Obrador prezidentligining o‘tgan uch yili ichida mamlakatda OAVda ishlayotgan 34 kishi o‘zlarining kasbiy faoliyati sababli jinoyatchilar qo‘lida halok bo‘lgan.