Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meksikada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida 14 kishi qurbon bo‘ldi
11:30 / 2022-07-16

Meksika harbiy dengiz kuchlariga qarashli vertolyot mamlakat g‘arbida Sinaloa shtatida halokatga uchragani aytilmoqda.

Natijada vertolyot bortida bo‘lgan 15 kishidan 14 nafari halok bo‘lgan. 

"Ushbu Black Hawk vertolyotining halokati sabablari ma’lum emas", — deyiladi vazirlik matbuot xizmati tarqatgan xabarda.

Avvalroq OAV 9 kishi halok bo‘lgani haqida yozgan edi.

Halokot OAV sahifalarida narkobaron Rafaelya Karo Kinteroning qo‘lga olingani haqidagi xabar tarqalgandan keyinoq sodir bo‘lgani voqealarning bir-biriga bog‘liqligiga ishora qilishi mumkin. Biroq Harbiy havo kuchlari narkobaronni qo‘lga olish amaliyoti bilan vertolyot halokatining o‘zaro bag‘liqligini tasdiqlamagan.