Meksikada avtobus halokati 10 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
"Red Michoacan" nashri yozishicha, Meksikaning Michoakan shtatida sayyohlik avtobusi halokatga uchrab, 10 kishini hayotdan olib ketdi.
– Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, hodisada 26 kishi jarohat olgan, ulardan olti nafarining ahvoli og‘ir, – deyilgan xabarda.
Mashina Uruapan shahridan Tlyalpuxagua tomon ketayotganda Moreliya – Patskuaro avtomagistrali 23-kilometrida ag‘darilib ketgan. Qutqaruv xizmati va tibbiyot xodimlari darhol voqea joyiga yetib kelib, jarohatlanganlarni tibbiy muassasalarga jo‘natdi.
Yo‘lning tegishli qismida transport harakati vaqtincha to‘xtatilgan, rasmiylar haydovchilarga muqobil yo‘llardan foydalanishni maslahat bermoqda. Shtat Bosh prokuraturasi fojia sababini aniqlash uchun tergov boshladi.
M.Pirmatova, O‘zA