Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meksika hukumati Akapulko politsiya kuchlarini oʻz nazoratiga oldi
14:31 / 2018-09-26

Meksika davlat va federal hukumati seshanba kuni Akapulkoning barcha politsiya kuchlarini oʻz nazorati ostiga oldi. Bunga sabab qilib politsiya ichiga jinoyatchilar kirib olganligi aytilmoqda.

Meksika davlat va federal hukumati seshanba kuni Akapulkoning barcha politsiya kuchlarini oʻz nazorati ostiga oldi. Bunga sabab qilib politsiya ichiga jinoyatchilar kirib olganligi aytilmoqda.

Hukumat koʻplab politsiya xodimlarini qoʻlga olish boʻyicha buyruq bergan. Qoʻlga olish jarayonida noqonuniy qurollar, shuningdek, patronlar va aloqa radiolari topilgan va musodara qilingan.

Bayonotga koʻra, ikki politsiya qoʻmondoni qotillikka ayblanib hibsga olingan. Qolgan politsiyalar tekshirilib, ular ustidan tergov jarayonlari olib borilmoqda.