Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meksika Gaitiga birinchi yordam vositalaridan iborat insonparvarlik ko‘magini yubordi
16:53 / 2021-08-16

Meksika kuchli zilziladan talofat ko‘rgan Gaitiga tibbiy dori-darmonlar va birinchi yordam vositalaridan iborat insonparvarlik ko‘magini yubordi.

Meksika tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard Twitter orqali shunday ma’lumot berdi. “Prezident Lopes Obradorning topshirig‘i bo‘yicha ko‘makning dastlabki partiyasi yuborildi”, deb yozadi u. Ma’lumot uchun, avvalroq BMT bosh kotibining insonparvarlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari va tashkilotning favqulodda holatlar bo‘yicha muvofiqlashtiruvchisi Martin Griffits kuchli zilziladan aziyat chekkan Gaitiga 8 million dollar ko‘mak ajratilishini ma’lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Gaiti qirg‘oqlaridagi 7,2 balli zilzila qurbonlari 1297 kishiga yetgan.