Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Meksika 2036 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga da’vogar
10:04 / 2022-10-27

Bu haqda Meksika TIV matbuot xizmati xabar tarqatdi.

"Biz mamlakatimizni kuchli, deb hisoblaymiz. Meksika futbol bo‘yicha uchta jahon chempionatini qabul qilgan dunyodagi yagona davlat. Bundan tashqari, bizning iqtisodiyotimiz ham barqaror rivojlanmoqda", dedi tashqi ishlar vaziri Marselo Ebrard “Reuters” axborot agentligi muxbiriga.

Mulozim ta’kidlashicha, 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha rasmiy murojaat Xalqaro olimpiya qo‘mitasiga yo‘llangan. Joriy yil 30 noyabr kuni Meksika mazkur sport anjumanini o‘tkazish bo‘yicha alohida qo‘mita tuzilishini e’lon qildi.

Aytish lozim, 2024 yilgi Olimpiada Parijda, 2028 yilgi musobaqa Los-Anjelesda, 2032 yilgi o‘yinlar Avastraliyaning Brisben shahrida o‘tkazilishi tasdiqlangan.

Bundan uch oy muqaddam Turkiya rasmiylari 2036 yilga mo‘ljallangan yozgi Olimpiya o‘yinlarini qabul qilishga Istanbul shahri da’vogar ekanini aytgandi. Avvalroq Misr, Hindiston, Rossiya, Ispaniya davlatlari vakillari eng yirik sport bayramini qabul qilishga qiziqish bildirgan. Bu safdan okean orti mamlakati - Meksika ham joy olishini nazarda tutsak, Olimpiada-2036 uchun kurash shiddatli o‘tishini taxmin qilsa bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Amerikaning ushbu mamlakati 1968 yil yozgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan.

To‘lqin Ro‘ziyev,

O‘zA