Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehroj polvon jahon chempionatida sovrindor bo‘ldi
11:00 / 2025-10-24

Serbiyaning Novi-Sad shahrida sport kurashlari bo‘yicha U23 yosh toifasida o‘tayotgan jahon chempionatining yunon-rum kurashi bahslari o‘z yakuniga yetdi.

Mazkur yo‘nalishda O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush va 2 ta bronza medalga ega chiqdi. Jumladan, polvonlarimiz orasida Abror Otaboyev kumush, Hojiakbar Qo‘chqorov va  Mehroj Bahromov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Qayd etilgan natijalardan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi 72 ochkoga ega bo‘ldi.

Ayni damda dunyo birinchiligida ayollar kurashi bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda. Unda Mushtariy Tolipbekova, Dilshoda Matnazarova, Ulmeken Esenbayeva, Layloxon Sobirova, Nigina Sobirova,  Muhayyo Narzilloyeva hamda Sevinchoy Polvonova ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ayollar kurashi bo‘yicha bellashuvlar 23-25 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. 25-27 oktyabr oralig‘ida erkin kurash bo‘yicha jahon chempionati sovrindorlari aniqlanadi.

Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA