Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehrning chegarasi bo‘lmaydi!
18:21 / 2022-06-23

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid boshchiligidagi jamoa Toshkent shahridagi Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida bo‘ldi.

Ijodkor ziyolilar u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.  
 
Ma’lumki, davlatimiz rahbarining 2021 yil 13 oktyabrda «Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bemorlarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Unga muvofiq, Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi 2022 yil 1 yanvardan Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tarkibidan chiqarildi va mustaqil faoliyat yuritishi belgilandi. Gematologik va onkologik kasalliklarga chalingan bolalarga palliativ tibbiy xizmat ko‘rsatish markazning asosiy vazifasi etib ko‘rsatildi.  

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbarining 2021 yil 14 mayda Respublika onkologiya va radiologiya markaziga tashrifi bo‘lib o‘tgan edi. Tashrif doirasida kasallikni oldini olish, kasallikka qarshi kurashish va samarali davolash, shifokor va bemorlarga yetarli sharoitlar yaratish borasida qator vazifalar belgilangan edi.  

Qisqa vaqt ichida mazkur qaror ijrosi yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan samarali ishlar bajarildi. Xususan, Toshkentda bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazi tashkil etildi. Respublika gematologiya va onkologiya va radiologiya markazlari yangi binolarga ko‘chib, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlandi. 

Unda kattalar va bolalar uchun alohida jarrohlik, jonlantirish, intensiv terapiya, transfuziologiya va transplantologiya bo‘limlari, shuningdek, radio diagnostika va radio davolash bo‘limlari, bakteriologik laboratoriya, maxsus ovqat tayyorlash bo‘linmasi, bolalarga ta’lim olish imkoniyatini yaratishni nazarda tutgan holda qurish ishlari olib borildi va tibbiy texnikalar bilan jihozlanishi ta’minlandi.  

Shu yil 17 iyun kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizda yangidan barpo etilgan Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shifoxonada davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Markazda ijod bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rdi, bolalarning mashg‘ulotlarini kuzatdi. Unda markaz shifokorlari Prezidentimizga sohaga qaratilayotgan e’tibor berayotgan samaralar, yaratilgan sharoitlardan taassurotlari haqida so‘zlab berdi.  

Shuningdek, davlat rahbari onkogematologik yordam sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalar, onalik va bolalik muhofazasini yanada takomillashtirish hamda tibbiyot xodimlari bilan o‘tkazilgan muloqotda berilgan topshiriqlar ijrosining borishi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.  

Unda davlat rahbarining «Bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida davolanayotgan bolalar uchun maktabgacha ta’lim va tarbiya hamda umumiy o‘rta ta’lim berish tizimini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»ga qarori ijrosiga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.  

Ushbu qaror ijrosi yuzasidan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi markaz tarkibidagi maktabga 250 dona, bog‘chaga 250 dona kitob sovg‘a qildi. Maktab oshxonasiga 10 kilogramm, bog‘cha oshxonasiga 10 kilogramm asal berildi. Maqsad esa har bir bolajon dardiga shifo topib, hayotda o‘z o‘rniga ega bo‘lishidir.  

 N.Usmonova, O‘zA