Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehrli nigohlarga quvonch ulashib
15:58 / 2025-06-04

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyat Kengashi tashabbusi bilan joylarda “Bor mehrimiz senga, bolajon!” shiori ostida beg‘araz donorlik aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Asosiy maqsad og‘ir xastalikka chalingan, qonga muhtoj bo‘lgan bolalarga beg‘araz yordam ko‘rsatish, ularning hayotini saqlab qolishga hissa qo‘shish, jamiyatda insonparvarlik, mehr-oqibat va donorlik madaniyatini keng targ‘ib etishdan iboratdir.

Xususan, Chirchiq shahridagi Qon quyish markazida tashkil etilgan tadbirda partiyaning viloyat Kengashi faollari, deputatlar, tibbiyot xodimlari, partiya yoshlari va faol fuqarolar ishtirok etdi. Ular ixtiyoriy ravishda qon topshirib, og‘ir ahvoldagi bolalar uchun hayot bag‘ishlash yo‘lida o‘z hissalarini qo‘shdi. 

– Bu kabi xayrli sa’y-harakatlar bir kunlik tadbir bo‘lmasligi lozim deb o‘ylayman. Chunki mehr va muruvvat ko‘rsatishni cheklab bo‘lmaydi. Bu tadbir orqali biz jamiyatda yordamlashish, hamdardlik va jamoaviy mas’uliyat tuyg‘usini mustahkamlashga insonlarda ko‘nikma paydo qilishimiz lozim. Ayniqsa, farzandlarimizning sog‘lom turmush tarzi uchun qanchalik mas’ul ekanimizni yana bir bor namoyon etdik. Muhimi, bu ishlarimizga xayrxohlar ko‘paymoqda va bundan biz ruhlandik, – deydi Toshkent viloyati “Adolat” SDP Toshkent viloyati Kengashi raisi Gulnora Ahmedova.

Aksiya davomida tibbiyot mutaxassislari ishtirokchilarga donorlik jarayoni, uning inson salomatligiga ta’siri hamda ma’naviy ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Shubhasiz, bunday beg‘araz aksiyalar bir kunlik tadbirlardan tashqarida, jamiyatda o‘zaro yordam, hamdardlik va mehr-muruvvat muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi. Hozirga qadar tadbirlar Olmaliq, Bekobod shaharlari va Bekobod, Ohangaron tumanlarida bo‘lib o‘tdi. 

A.Musayev,O‘zA.