French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehrli maktab” o‘quvchilariga Prezident sovg‘asi topshirildi
13:04 / 2025-12-31

FOTOREPORTAJ

Surxondaryo viloyatida faoliyat yuritayotgan “Mehrli maktab” davlat ta’lim muassasasida tahsil olayotgan bolajonlarga Yangi yil bayrami munosabati bayram tadbiri tashkil etildi. Bolajonlarga Prezident sovg‘alari tantanali tarzda topshirildi.

“Mehrli maktab” muassasasi bolalar gematologiyasi, onkologiyasi va klinik immunologiyasi markazida uzoq muddat davolanayotgan bolalarning ta’lim jarayonidan uzilib qolmasligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan. Bu yerda o‘quv mashg‘ulotlari bolalarning sog‘lig‘i holati, shifokorlar tavsiyasi hamda individual ehtiyojlari inobatga olingan holda olib boriladi.

[gallery-26979]

Mazkur ezgu tashabbus davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarga qaratilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasi bo‘lib, bolalarning ruhiy qo‘llab-quvvatlanishi, bilim olishga bo‘lgan qiziqishi hamda kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zA fotomuxbiri

Jonibek QO‘ZIMURODOV olgan suratlar