Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehrli maktab”: imkoniyat va qulaylik
11:22 / 2025-09-27

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimiz hududlarida tashkil etilgan “Mehrli maktab” ta’lim dasturi o‘quvchilarning individual ehtiyojlarini hisobga oladi va uzluksiz ta’limni ta’minlaydi. Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida faoliyat yuritayotgan maktab ish boshlaganidan buyon uzoq vaqt davomida davolanayotgan 87 nafar maktab yoshidagi, 69 nafar bog‘cha tarbiyalanuvchilari qulay va qo‘llab-quvvatlovchi ta’lim muhitida o‘qishni davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. 

Maktabda bolalar nafaqat an’anaviy fanlar, balki ijodkorlik, robototexnika, shaxmat bilan ham shug‘ullanadi, turli rivojlantiruvchi va intellektual tadbirlarda ishtirok etadi.

[gallery-25488]

Ta’lim jarayonida raqamlashtirilgan darsliklar qo‘llaniladi. Bundan tashqari, bolalar, ota-onalar va o‘qituvchilar uchun psixologik-pedagogik yordam xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan. Bu yerda faoliyat yuritayotgan barcha mutaxassislari gospital sharoitda ishlash bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan. Maktab infratuzilmasi va dizayni esa tibbiy talablar asosida yaratilgan hamda gipoallergen uskunalar, mebel va texnikalar bilan jihozlangan.

Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA