Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehriddin Abdullayev: “Bu yil uchta yangi kon topish imkoniyatimiz bor”
18:52 / 2022-11-16

Tabiiy gazni qazib chiqarishda uning bir maromda ushlab turilishi muhim hisoblanadi. Ya’ni, bunda yangi konlarni ochish gazning tabiiy tushishini oldini olishga yordam beradi.

AOKAda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev ushbu muammolar bilan bog‘liq masalalarga quyidagicha izoh berdi.

– Geologik-qidiruv ishlari va umuman gaz qazib chiqarish bo‘yicha besh yillik dastur hali yakuniga yetmadi. Ayni kunlarda buni Energetika vazirligi bilan birgalikda tayyorlayapmiz. Gazning tabiiy tushishi masalasida, agar yangi konlar bilan shug‘ullanmasak, gaz qazib chiqarish hajmi tushib ketadi. Bir yilda o‘rtacha 4,5 milliard metr kubga yaqin gazning tabiiy tushishi bor. Shuning uchun 4,5 milliard metr kubga yaqin imkoniyatlarni yaratish kerak.

Shuni aytish kerakki, Muborak gaz konining 40 yillik, Sho‘rtan gaz konining 70 foiz zaxirasini qazib olib bo‘ldik.

Shu sababli, keyingi uch yilda geologik-qidiruv ishlariga qo‘proq mablag‘ ajratish ustida ishlayapmiz. Bunda uning zaxirasini boshqa joylardan topish zarur. Shuningdek, yirik konlarni topish asosiy vazifalardan. Hali yirik konlar topilgani yo‘q. Ustyurt hududida katta ishni boshladik, lekin unga ham vaqt kerak bo‘ladi. Olot hududida “Yangi Olot” konida natijalar kutayapmiz. Bu yil uchta kon topish imkoniyatimiz bor. Maqsad gazning tabiiy tushishini ushlash, ya’ni uning o‘rniga qo‘yish.

Nasiba ZIYODULLAEVA, O‘zA