Mehribonlik uyida “Uch avlod uchrashuvi”
Poytaxtimizdagi A.P.Xlebushkina nomidagi 22-sonli Mehribonlik uyida Shayxontohur tumani hokimligi va Xalq qabulxonasi hamkorligida “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi.
Unda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan o‘zaro suhbat jarayonida mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish, jamiyatimizning har bir a’zosiga g‘amxo‘rlik, mehr-oqibat ko‘rsatish, aholining barcha qatlamlari orzu-niyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.


Shuningdek, ishtirokchilar hayoti va mehnat faoliyati davomida to‘plagan boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. Yoshlik davridagi o‘ziga xos qiyinchiliklar, mehnatdagi mashaqqatlar, hozirgi dorulomon kunlar qadri xususida samimiy fikrlar bildirildi.
Tadbir so‘ngida tarbiyalanuvchilar uchun ehson dasturxoni yozildi.



Gulnoza Boboyeva, O‘zA