Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga uy topshirildi
20:49 / 2023-11-15

FOTOREPORTAJ

Mamlakatimizda Mehribonlik uylarida tarbiyalangan va mustaqil hayotga qadam qo‘ygan chin yetimlar davlatimiz tomonidan uy-joy bilan ta’minlanib, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun shart-sharoit yaratilmoqda. 

Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov Milliy gvardiya, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Qo‘qon shahridagi Mehribonlik uyida tarbiya olgan Shohruh Alimovga Bag‘dod tumani “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 2 xonali xonadon kalitini tantanali ravishda topshirdi. Shuningdek, shahar hokimligi tomonidan uy egasiga mebel va uy jihozlari taqdim etildi.

– Bugun mening orzuim ushalib, o‘z uyimga ega bo‘ldim, - deydi Sh. Alimov. – Bunday yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Yurtboshimizdan cheksiz minnatdorman.

[gallery-14596]

O‘zA fotomuxbiri Muqimjon QODIROV olgan suratlar